www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
01
июнь
2018
"O'simliklarning yangi navlarini patentlash" mavzusida Milliy seminar tashkil etilmoqda
Joriy yilning 5 iyun kuni Intellektual mulk agentligi O'simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish bo'yicha xalqaro ittifoq (UPOV) bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "O'simliklarning yangi navlarini patentlash" mavzuidagi Milliy seminar o'tkaziladi.
“Rasmiy axborotnoma” byulletenining  2018 yil 5-soni nashrdan chiqdi
31
май
2018
“Rasmiy axborotnoma” byulletenining 2018 yil 5-soni nashrdan chiqdi
"Rasmiy axborotnoma” ning 2018 yil 5-sonida quyidagi ma'lumotlar: - 55 ta ixtirolarga talabnomalar haqidagi; - Davlat reestrida ro`yxatdan o`tkazilgan 326 ta intellektual mulk ob'ektlari, jumladan, 13 ta ixtirolar, 10 ta foydali modellar, 15 ta sanoat namunalari, 190 ta tovar belgilari, 85 ta EHM uchun dasturlar, 2 ta ma'lumotlar bazasi, seleksiya bo`limda o`simlik navlari va hayvonlar zotlariga O`zbekiston Respublikasi patentini berish uchun qabul qilingan 5 ta talabnoma, o`simlik navlari va hayvonlar zotlariga seleksiya yutuqlarining nomlariga 5 ta talabnoma, o`simliklar navlari va hayvonlar zotlarining Davlat reestrlari ro`yxatidan o`tkazilgan 1 ta hayvonlar zotlari haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi.  
E'lon!
28
май
2018
E'lon!
Intellektual mulk agentligining navbatdagi bo'lib o'tadigan Hay'at majlisi kun tartibida "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida, BIMT tomonidan intellektual mulk sohasida taqdim etilayotgan xizmat va vositalardan foydalanishda tashkilot bilan hamkorlikni kuchaytirish masalasi, hamda Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi tortishuvlar bo'yicha mediasiya (yarashtiruv) institutini joriy etish va Intellektual mulk agentligida ushbu amaliyotni joriy etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolar to'g'risidagi masalalar ko'rib chiqiladi.
25
май
2018
"Intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish" mavzuidagi Milliy seminar-trening o'z ishini yakunladi
Intellektual mulk agentligi (Agentlik) Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish" mavzuidagi Milliy seminar-treningi o'z ishini yakunladi. Seminar ishida sertifikatlarga ega baholovchilar, yuristlar, auditorlar, Toshkent shahridagi texnoparklar va innovasion markazlarning mutaxassislari, texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlarining vakillari, patentshunoslar va respublika oliy o'quv muassasalarining ilmiy xodimlari qatnashdilar.
Navbatdagi  hamkorlik memorandumi imzolandi
22
май
2018
Navbatdagi hamkorlik memorandumi imzolandi
2018 yil 21 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Ixtirochi xotin-qizlarning innovasion tadbirkorlik haftaligi" doirasida O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ortopediyada yangilik
21
май
2018
Ortopediyada yangilik
Respublikamiz jarrohlari tomonidan ortopediyada foydalanish uchun tizza bo'g'imi endoprotezi yaratildi. Ushbu endoprotez tarkibiga katta boldir va son oyoqchalari, antirotasion elementlar, oyoqchalarni o'zaro bukish va yana to'g'rilash imkoniyati bilan biriktiradigan sharnirli element kiradi. Sharnirli element tarkibiga rezbali bolt ko'rinishida bajarilgan o'q, shaybalar ko'rinishidagi sirg'aluvchi polietilen elementlar hamda kontrgayka bilan mahkamlangan konussimon gaykalardan iborat mahkamlash gaykalari kiradi.
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 52 Oldinga
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 20
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 1