www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Ortopediyada yangilik
21
май
2018

Ortopediyada yangilik

Ortopediyada yangilik Respublikamiz jarrohlari tomonidan ortopediyada foydalanish uchun tizza bo'g'imi endoprotezi yaratildi.

Ushbu endoprotez tarkibiga katta boldir va son oyoqchalari, antirotasion elementlar, oyoqchalarni o'zaro bukish va yana to'g'rilash imkoniyati bilan biriktiradigan sharnirli element kiradi. Sharnirli element tarkibiga rezbali bolt ko'rinishida bajarilgan o'q, shaybalar ko'rinishidagi sirg'aluvchi polietilen elementlar hamda kontrgayka bilan mahkamlangan konussimon gaykalardan iborat mahkamlash gaykalari kiradi. Katta boldir oyoqchasi o'zining distal qismida bo'rtiqqa ega bo'lgan silindr ko'rinishida, proksimal qismida esa piramidal shaklda bajarilgan. Son oyoqchasi piramidal shaklda bajarilgan bo'lib, tishchalar ko'rinishidagi antirotasion elementlar bilan ta'minlangan.

Mualliflar Xurshidjon Abdikarimov, Jamila Po'latova,Mirza Ali Gafur-Axunov, Ulug'bek Islamov, Sundr Urunbaev va Baxridil Sultonovlarga ushbu qurilmalari uchunFAP 01290 raqamli foydali model patenti berildi.

 
Axborot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2