www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Intellektual mulk agentligi delegasiyasining Germaniyaning patentlar va tovar belgilari idorasiga tashrifi
01
май
2018
Intellektual mulk agentligi delegasiyasining Germaniyaning patentlar va tovar belgilari idorasiga tashrifi
2018 yil 23 apreldan 25 aprelgacha Intellektual mulk Agentligi delegasiyasi bosh direktor o'rinbosari M. Bobojanov boshchiligida delegasiya Myunxen shahrida joylashgan Germaniya patent va tovar belgilari idorasida xizmat safarida bo'ldi. Tashrifdan maqsad Germaniya patent idorasi faoliyati, jumladan intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalarni onlayn topshirish va ularning ekspertizasi jarayonlarini elektron tarzda olib borish va boshqalar jarayonlar bilan tanishishdan iborat bo'ldi.
26
апрель
2018
"Best IP - 2018"eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g’oliblari aniqlandi
Intellektual mulk agentligi respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni rag'batlantirish, innovasion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko'maklashish, ilg'or texnologiyalarni tadbiq etish, ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, qo'llab-quvvatlash, eng yaxshi mulk ob'ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash maqsadida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, dasturiy mahsulotlar va seleksiya yutuqlari yo'nalishlari bo'yicha "Best IP - 2018"eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi o'tkazilishini e'lon qilgan edi.
26
апрель
2018
"Xalqaro intellektual mulk kuni va "Best IP - 2018" tanlovi yakunlari"ga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi
Agentlik tomonidan 2018 yil 26 aprel kuni Toshkent shahridagi "Sity Palace" mehmonxonasida Xalqaro intellektual mulk kuni va "Best IP - 2018" - eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun tanloviga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.   Ma'lumki, 2001 yildan boshlab butun dunyoda 26 aprel kuni Xalqaro intellektual mulk kuni sifatida nishonlanib keladi va har yili Butunjahon intellektual mulk tashkiloti ushbu bayram kunini o'zgacha bir nom bilan ataydi. 2018 yilgi bayram tadbirlari "O'zgarishlar uchun quvvat manbai: Ijodkor va innovator ayollar!" degan mavzusiga bag'ishlandi.  
Bugun - Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni
23
апрель
2018
Bugun - Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni
Har yili 23 aprelda Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni nishonlanadi. 1995 yil Parijda bo'lib o'tgan YuNESKO ning Bosh konferensiyasi ushbu kunda kitoblar va mualliflarga hurmat ko'rsatishga qaror qildi hamda barchani, va ayniqsa yoshlarni, kitob o'qish orqali bilim olishga va insoniyatning ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga ko'maklashganlarning tengsiz hissasini hurmat qilishga chaqirdi. O'sha kunda Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni hamda bolalar va yoshlar adabiyotida sabr-toqat ideallarini targ'ib qilish uchun YUNESKOning Mukofoti ta'sis etildi.
E'lon
18
апрель
2018
E'lon
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 apreldagi 65-son qarorining 1-ilovasi "Patent bojlari va to'lovlari to'g'risida"gi Nizomga kiritilgan o'zgartirishlar
“Intellektual mulk himoyasi va sud amaliyotiga doir amaliy savollar” o‘quv-amaliy seminari
16
апрель
2018
“Intellektual mulk himoyasi va sud amaliyotiga doir amaliy savollar” o‘quv-amaliy seminari
2018 yil 14 aprelda Agentlik tashabbusi bilan Toshkent shahri Iqtisodiyot sud binosida O‘zbekiston Respublikasi sudyalari uchun "Intellektual mulk himoyasi va sud amaliyotiga doir amaliy savollar” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar ishida O‘zbekiston Respublikasi oliy sudi, Toshkent tumanlararo iqtisodiyot sudi hamda barcha xududlar sudlarining sudyalari ishtirok etdilar.
Orqaga 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 52 Oldinga
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 5
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 6