Qadim zamonlardan beri yong'inlar insoniyatga kulfat keltirib, inson hayoti va mulkiga tahdid solgan. Ammo o'sha og'ir damlarda ham odamlar yong'inga qarshi kurash usullari va imkoniyatlarini izlashdan to'xtamadilar. Va nihoyat taxminan uch yuz yil oldin dunyoda birinchi o't o'chirgich yaratildi.
Biznesning raqobat maydonida tovar va mahsulotlarning yorqin ko’rinishi, qadog’i ayniqsa undagi yozuvlar mahsulotning xaridorgirligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Biroq, agar logotip, qadoq dizayni va yozuvlar shrifti mualliflik huquqi bilan himoyalangan bo’lib, undan ruxsatsiz foydalanilsa bu shaxsiy mulkka dahl qilish hisoblanadi.
Xitoy hukumati intellektual mulk huquqlarining buzilishi uchun javobgarlikni kuchaytirish niyatida, deb yozadi Bloomberg yakshanba kuni XXR hukumati chiqargan ko'rsatmaga tayanib.
Innovasion rivojlanish sohasidagi dunyo yetakchilari reytingida birinchi o'rinni Shveysariya, undan keyin Shvesiya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Gollandiya va Buyuk Britaniya egallab kelmoqda; Aynan shu ma'lumotlar 2019 yil Global innovasion indeksi (GII) hisobotida keltirilgan bo'lib, unda Hindiston, Janubiy Afrika, Chili, Isroil va Singapur o'z mintaqalarida, Xitoy, Vetnam va Ruanda esa (daromad darajasi bo'yicha guruhlangan) mamlakatlarning tegishli toifalarida ushbu reytingda peshqadamlik qilayotgani ko'rsatilgan.
Sport sohasida keyingi besh yil davomidagi patentlashtirishning global sur'ati to'g'risida umumiy tasavvur hosil qilish uchun biz Xalqaro intellektual mulk kuniga bag'ishlab yangi ma'lumotlarni taqdim etamiz. Ularga ko'ra, sport sohasida BIMTga patent talabnomalarini eng ko'p topshirgan yetakchi brend amerikalik sport giganti - Nike hisoblanadi.
Sizga ilmiy va innovasion faoliyat yurituvchi dunyodagi o'nta eng ilg'or markazlar nomi keltiramiz. Ular xalqaro patent talabnomalari PCT tizimi doirasida taqdim etilgan va 2012 yildan 2016 yilgacha bo'lgan davrda chop etilgan ilmiy maqolalar sonidan kelib chiqqan holda aniqlandi. Mazkur reyting 2018 yilgi "Global innovasion indeks" ma'ruzasi uchun tuzilgan. Ushbu ma'ruzada dunyoning 126 mamlakatida olib borilayotgan innovasion faoliyatlar to'g'risida batafsil ma'lumot beriladi.
Har yili 26 aprelda butun dunyoda Xalqaro intellektual mulk kuni nishonlanadi. Bu sana butun dunyoda keng jamoatchilikka intellektual mulk (IM) huquqlarining ta'minlanishi, innovasiyalar va ijodkorlik rivojiga xizmat qilayotgani to'g'risida ma'lumotlarni yetkazish imkonini beradi.
Rossiyalik ixtirochilar gaz turbinali dvigatellarga dahldor, "uchuvchi qanot" tipidagi tovush tezligigacha bo'lgan, uncha ko'zga tashlanmaydigan kompakt uchish apparatida foydalanish uchun mo'ljallangan dvigatelni ixtiro qilishdi. Bunday qurilmalar qo'llanishi mumkin bo'lgan sohalar anchagina: geologorazvedka va yetib borish qiyin bo'lgan hududlarni aerofotos'emka qilishdan tortib, turli manzillar, masalan, tabiiy ofatlar yuz bergan joylarga yuklarni yetkazishgacha.
Innovasiyalar jamiyat taraqqiyoti asosiBarqaror taraqqiyot yo'lidagi maqsadlar (BTM) - bu insoniyat taraqqiyotini ta'minlashga qaratilgan global rejadir. Mazkur risolada BIMTning innovasion faoliyatni ra?batlantirish orqali barcha mamlakatlarda iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy rivojlanishga erishiga qaratilgan faoliyati BTMni amalga oshirishga qay darajada ta'sir ko'rsatishi ko'rib chiqiladi.
Intellektual mulk masalalari bo'yicha sudyalar uchun BIMT tomonidan tashkil etilgan birinchi Forum ishtirokchilari huzurida BIMT Bosh direktori Frensis Garri va boshqa notiqlar: "Global texnik taraqqiyot tobora jadallashib borayotgan bugungi sharoitda sudyalar o'rtasida transchegaraviy tarzda ma'lumotlar va tajribalar almashinuvining mavjudligi katta ahamiyat kasb etadi" deya ta'kidladi.
Shvesiyadagi Lund universitetining Pontus Ternkvist ismli talabasi The James Dyson Award tanlovi finalistlaridan biri bo'ldi. U kartoshka kraxmalidan Potato Plastic deb ataluvchi, ko'rinishi va xususiyatlariga ko'ra plastikni eslatuvchi materialni yaratishga muvaffaq bo'ldi. Lekin Potato Plastic nomli material odatiy plastikdan farqli o'laroq, chiqindi sifatida tashlab yuborilgach ikki oy vaqt o'tmayoq biochirindiga aylanadi.
Ma'lumki, The James Dyson Award nufuzli tanlov hisoblanadi va unda dunyo miqyosida dolzarb bo'lib turgan muammolarni hal etish borasidagi turli ishlanmalarni taklif etayotgan dunyoning istalgan oliygohidan bo'lgan iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin. Yaqinda ushbu tanlov tashkilotchilari tanlovning oliy mukofotiga da'vogar bo'lgan 20 ta finalistning ismi-shariflarini oshkor etdilar. Shvesiyalik iqtidorli talaba Pontus Ternkvist ham ular safidan joy oldi.
Frensis Arnold, Djordj Smit va ser Gregori Uinter Nobel mukofotining bu yilgi laureatlari bo'lishdi. Nobel mukofoti qo'mitasining press-relizida qayd etilishicha, bu olimlarning izlanishlari evolyusiyaning ilmiy revolyusiyaga olib kelishi bilan bog'liqligidir.
Kosmik kemalar qoplamasi orbitada juda ulkan bosim ostida qoladi, bir vaqtning o'zida esa asbob-uskunalar va ekipajni kosmik muhit sovug'idan saqlash uchun kemaning ichidagi haroratni bir maromda saqlab turish talab etiladi. Odatda, kemani isitish uchun ham, sovutish uchun ham bitta suyuq holdagi issiqlik tashuvchidan foydalaniladi, undan turli sikllarda foydalanish imkoniyatini esa maxsus kosmik sovutkich ta'minlab beradi.
Bu kabi qurilmalarning ishlash prinsipi umumiy tarzda olganda quyidagi ko'rinishda bo'ladi: kosmik sovutkich yordamida kosmik kemaning hayotini ta'minlash tizimidan suyuq issiqlik tashuvchi to'planadi va mayda tomchilar ko'rinishida sochib yuboriladi, bu tomchilar kosmik fazoda tabiiy tarzda soviydi. Keyin sovutilgan tomchilar "kosmik sovutkich" yordamida yig'iladi va sovutish tizimiga kiritiladi, ishlov berilgach esa yana qayta kemada hayotni ta'minlash tizimiga qaytariladi, shu tariqa qurilmada va uning bo'lmalarida kerakli harorat ta'minlanadi.
Yarim yil avval flesh-xotiralar borasida yangiliklarni urfga kirituvchi kompaniyalardan biri bo'lgan "Toshiba" Tayvanning "Macronix" kompaniyasining patent huquqlarini buzganligi haqida xabar tarqalgan edi. 2017 yilning aprelida "Macronix" aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan Amerikaning Xalqaro savdo bo'yicha komissiyasiga (U.S. International Trade Commission) shikoyat bilan murojaat qilgandi. "Toshiba"ning aybdor deb topilishi uning mahsulotlarini AQSh hududiga kiritilishiga chek qo'yishi mumkin edi. Bu esa har qanday NAND-flesh ishlab chiqaruvchi uchun juda ko'ngilsiz holat ekani sir emas. Bundan tashqari, aynan o'sha paytda "ToshibaMemory" bo'linmasining keyingi taqdiri yuzasidan ham hali bir to'xtamga kelinmagandi.
BIMTning 2018 yilgi Assambleyasi ochilish marosimida BIMT bosh direktori Frensis Garri ta'kidlaganidek, texnik taraqqiyotning jadal sur'atlarda odimlayotgani IM huquqlariga bshlgan talabni va BIMTning intellektual mulkka doir global tizimlariga ehtiyojni kuchaytiradi, buning natijasi o'laroq, IMning normativ faoliyat va xalqaro savdodagi ahamiyati yanada ortadi.
BIMT a'zolari bo'lgan davlat Assambleyasida deyarli mingta delegatlar huzurida so'zlagan nutqida janob Garri BIMT faoliyatida turli-tuman soha va yo'nalishlarda erishilayotgan yutuqlarni e'tirof etish barobarida tashkilotning 2016-2017 yillardan iborat ikki yillik muddat oxiriga kelib moyaliviy barqarorlikka erishganini, ya'ni bu ikki yillikni 55,9 mln. shveysariya franki miqdorida profisit bilan yakunlaganini ham keltirib o'tdi.
IBM kompaniyasi buyurtirilgan qahvani manzilga yetkazib beruvchi dron uchun patent olishga muvaffaq bo'ldi. Yetkazib beruvchi ishchi dron odamlarning hatti-harakati, ishoralarini farqlay oladi, qahva buyurtmachisini uning fitnes-trekeri yoki boshqa ko'rsatkichlari bo'yicha mustaqil ravishda ajrata oladi.
Keyingi yillar davomida bir yo'la bir nechta kompaniyalar dronlar vositasida yetkazib berish xizmatini yo'lga qo'yish bo'yicha izlanishlar, tajribalar olib borayotgan edilar. Odatda, ishchi dronlardan infrastrukturasi yaxshi rivojlanmagan, kurer-dastyorlar yetib borishi qiyin bo'lgan hududlarda yoki buyurtmani bevosita buyurtmachi qo'liga yetkazish shart bo'lgan holatlarda foydalanish nazarda tutilgan. Lekin hozirgi kunga qadar dron vositasida buyurtma bevosita buyurtmachi qo'liga yetkazish masalasi muhandislar uchun bir qator qiyinchiliklar tug'dirayotgan edi.
Ilmiy fantastika janrining klassikasiga aylangan "Galaktika bo'ylab avtostop sayohat" filmida qahramonlar tarjimaga ehtiyoj tug'ilgan paytda sariq rangli "Vavilon baliqchasi" nomli quloqchinni quloqqa tiqish bilan muammo hal qilishgani aks etgan. Real hayotda esa Google tarjima muammosini o'zi taklif etayotgan PixelBuds quloqchinlari vositasida hal etishga undamoqda. Bu ajabtovur quloqchinlar Pixel smartfonlari va Google tarjimoni bilan ishlaydi va tarjimani deyarli bir zumda amalga oshiradi.
Ko'p yillar davomida dunyoga mashhur kompaniyalar o'z tovar belgilari ostida qalbaki mahsulotlarni sotib kelayotgan turli veb-saytlar egalari bilan AQSh sudlari orqali kurashib kelmoqdalar.
Yaqinda Nyu-York Federal sudi orqali SalvatoreFerragamo nomli italyan brendi o'z tovar belgisiga nisbatan huquqlari qo'pol ravishda buzilgani borasida "Ferragamo" tovar belgisi ostida qalbaki mahsulotlar savdosi bilan shug'ullanib kelgan qariyb 60 ta nomi aniqlanmagan internet-savdogarlarga qarshi kurashda yutib chiqdi. Pirovardida sud tomonidan brendning mualliflik huquqiga daxl qilayotgan biryuz elikka yaqin domenni mashhur bredga topshirish haqida qaror qabul qildi.
Bugungi kunda aksariyat tadbirkorlar professional darajadagi "neyming" (inglizchadagi nomlash degan so’zdan olingan) xizmati - savdo markasi uchun kommersiya jihatidan samarali bo’lgan nomni ishlab chiqish xizmati uchun yaxshi haq to’lashga tayyor.
Lekin "neyming" bo’yicha mutaxassis xizmati uchun katta mablag’ni sarflashdan oldin har jihatdan qulay bo’lgan nomni mustaqil ravishda topishga urunib ko’rish ham zarar qilmaydi. Ko’pincha esa shunday tarzdagi tavakkal yondoshuv natijasi "brending" bo’yicha nufuzli mutaxassislar tomonidan ekspertiza qilinganda anchayin muvaffaqiyatli deb topiladi.
Rossiya va Xitoy davlatlari ilmiy-texnik, sanoat va boshqa turdagi il?or ishlanmalarga bo'lgan huquqni himoyalash borasidagi o'zaro hamkorlikni kuchaytirmoqda - shu maqsadda tashkil etilgan Rossiya-Xitoy intellektual mulk markazi joriy yilning 24 martida Xitoy poytaxti Pekinda ish boshladi.